HOME | SEARCH | LOG IN | SIGN UP
Kirish Konsultatsiya Ta’lim Tadbirlar Tibbiy xizmatlar Media Ochiq galereya
E’lonlar
Nashrga tayyor yangiliklar
Voqea hodisalar ro’yhati
Rasmlar
Bog’liq saytlar
- Seoul
- GyeongGi-Do
- InCheon
- GwangJu
- DaeGu
- BuSan
- GangWon
- GyeongSangNam-Do
- GyeongSangBuk-Do
- JeolLaBuk-do
- JeolLaNam-do
- ChungCheongNam-Do
- ChungCheongBuk-Do
- JeJu-Do
Ustunlar
 Home > Ochiq galereya > Nashrga tayyor yangiliklar  > Banan daraxtini ko’chirib ekish dili bilan.

    Banan daraxtini ko’chirib ekish dili bilan.
    Admin     2008/04/23 11:04 am

  Migrant ayollar va halqaro turmush

Yo Gyong Sun(‘Mose’ Migrant ishchlar markazi boshlig’i)

 

(bu maqola o’tgan 16 iyunda Chonan Moseda rejalashtirilgan bo’lib, Chungbu tashkiloti tomonidan qo’llab quvvatlangan migrantlar seminarida o’qilgan ma’ruza hisoblanadi.)

 

“2006 yil statistika boshqarmasining ma’lumotlariga binoan turmush soni hammasi bo’lib 332,752 bo’lib, bular orasida halqaro turmush-39,690 ta, umumiy turmush soni bilan halqaro turmushning nisbati 11.9% ko’rsatdi. Bular orasida koreys erkaklari bilan turmush qurgan chet el ayollar soni 32,208 ta bo’lib, barcha halqaro turmush sonining 81%ini tashkil qilmoqda.”

2005 yil Chonbuk universitetining professori Sol Dong Xun < halqaro turmush qurgan ayollar soni ko’payishining birinchi sababi- jahondagi davlatlar rivojlanish darajasining farqliligidadir. Ikkinchisi ishlaydigan ayollar soni ko’payib, “Ayol kishi uyda o’tirishi kerak’ degan eski dunyoqarashli erkaklarning turmush qurishi qiyinligidadir. Uchinchisi chet elga yuboradigan davlat(masalan O’zbekiston)ning iqtisodiy sharoiti og’irligi va chet eldagi yurtdoshlarning ko’chiradigan puli Vatanidagi iqtisodiyotiga ulkan yordami tegayotganligidadir. Va nihoyat ohirgisi, tijorat yo’lidagi “Turmush qurish” vositachilik agentliklari sonining ko’payganligidan dalolat bermoqda. Bu sabablarga ko’ra halqaro turmush jarayonida turli hil muammolar kelib chiqmoqda. Qaysi muammolar ekan?

Birma-bir ko’rib chiqamiz.

Birinchi, ikkala insonning turmush umidlari farqliligidadir. Koreys erkagi turmush qurganda eski dunyoqarash tarafdori bo’ladi. Itoatkor hamda oila g’amho’rligi bilan shug’ullanadigan turmush o’rtoqni hohlaydi. Lekin, ko’pchilik migrant ayollar nima bo’lgandaham Vatanidagi oilasiga iqtisodiy jihatdan yordam ko’rsatadigan turmush o’rtoqni hohlaydilar. Turmush umidlarining farqli ekanli tufayli –ikki inson o’rtasida kelishmovchilik paydo bo’lib, turmushning buzilishiga olib keladi.

Ikkinchi, madaniyat tafovuti va til tufayli aloqa vositasining qiyinligidir. Mose Migrant ayollar markazida maslahat olishga kelgan ayollarning shikoyati - agar koreys tilini bilsam, to’yguncha urish qilardim va yaxshi bo’lardi deb aytishidan iborat. Madaniyat farqligini tushuntirib, koreys tilida aniqlik kiritish qiyin bo’lgan holatda migrant ayollar va oilasi orasida stress(jahl) yig’ilib, vaziyatning o’girlashishidan boshqa iloj qolmaydi.

Uchinchi, ko’pchilik hollarda halqaro turmush- tijorat yo’lidagi “Turmush qurish” vositachilik agentliklari orqali amalga oshiriladi. “Men senga pul sarflab Koreyaga olib kelgandim’ izoh ostida ko’rib turganimizdek, ko’pchiligi pul berib kuyov yoki kelinni olib kelib turmush qurish harakterini namoyon qilmoqda. Bunga o’xshash turmush hayot tarzidagi eng katta muammoli tarafi-turmush qurishga manfaatdor shaxsga noto’g’ri va yolg’on ma’lumotni beradigan holatlar juda ko’p uchraydi. Oqibatda ikki shaxs orasida ishonchni yuqolishi, kelishmovchiliklarning yuzaga kelishi , bir-birini dilini og’ritish kabi holatlar vujudga kelib, turmush hayotning normal tartibda ketishiga yo’l qo’ymaydi.

Fillippin ayoli bilan turmush qurgan koreys ‘banan daraxtini ko’chirib ekib ko’ngilli turmush hayot kechirmoqdamiz’ deb aytdi. Bu gapni eshitib, er xotinini sidqi dildan hayotidagi yo’ldosh sifatida qadrlab kelayotganini his etdim. Iqlim bilan negizi  begona bo’lgan bu davlatda banan daraxtini yaxshi parvarish qilishining sababi shundaki, daraxt ilgari o’sgan maskanni anglab, yangi atrof-muhitga o’rganish usulini izlab yordam ko’rsatishidan iboratdir. Banan daraxtini ko’chirib ekish ko’ngli-halqaro turmushdagi oilaga va nafaqat bu oila balki, ular bilan birgalikda hayot kechirayotgan insonlarga ham kerak degan fikr keldi.

Halqaro turmush sonining ko’payishi natijasida jamiyatimizni ‘turli madaniyatli jamiyat’ deb atash oson bo’ldi. ‘Turli hil madaniyat’ degan tushunchada bizning mazzali taomimiz bo’lgan pibimpap haqida oy’lab ko’raylik. Chet elliklar kimchi bilan birga yanada yaxshi ko’radigan koreys taomi bo’lgan pibimpapga har bir mahsulotning ta’mi chiqib, soya pastasiga qo’shilgan qalampurni solib aralashtirsa, bir ovqat bo’ladi. Koreya jamiyati ham bu taom singari turli hil halq madaniyatlari va tili koreya madaniyati va tili bilan birga bo’lib, hozirgidan ko’ra yanada rang-barang va unumli mazzani bermaydimi?

Buning uchun hamma narsadan ko’ra turli hillik qadrini tan olib, insonni qadrlaydigan ko’ngil 1-navbatda bo’lishi kerak. Halqaro turmush qurishga manfaatdor shaxsning ishtiyoqi ham juda muhim bo’lsa-da, turli madaniyatli go’zal jamiyati biz bilan birga yashayotgan sidqi dildagi o’ylov va ochiq ko’ngilga bog’liqdir.

view list 

Jump to:  


KMcenter 137-1 Garibong 1 Dong, Guro-Gu, Seoul.
Copyright by 2004 MigrantWorkers Center in Korea. All right, reserved. Representative : Son Jong Ha
Supported by ONTOIN