O’tgan 5 iyulda Demokratik jamiyat advokatlari komiteti “noqonuniy ishchilarni ruxsatnomasiz qo’lga olishda-qonunni buzganligi uchun prokuratura yoki militsiyaga chaqiruv qog’ozini yuborish va davlatdan 30.000.000von zararlarini qoplab berishni talab qildi.
Demokratik jamiyat advokatlar komiteti taqdim qilgan hujjatida o’tgan 10 mayda Iyjongbu migrantlarni nazorat qilish boshqarmasi hodimlari Kyongido Yangjudagi nepallik noqonuniy ishchilarni hibsga olish maqsadida hech qanday habarsiz ishchilar istiqomat qilayotgan uyiga bostirib kirishi, qonun buzilganligi ta’kidlangan. Immigrantlarni nazorat qilish qonunining 50-moddasiga binoan, noqonuniy ishchilarning istiqomat qilayotgan dargohini tekshirishda yashovchi ruxsat bergandagina tekshirish mumkinligi qonunda belgilangan.
Ayniqsa, qo’lga olish jarayonida Iyjonbu migrantlarni nazorat qilish boshqarmasi hodimlari ishlatgan gazli qurol hamda qo’lkishan- militsiya hodimining ish majburiyatlarini buzilganligidan dalolat beradi. Migrantlarni nazorat qilish hodimlari jinoyatchini qo’lga olish, ya’ni qochib ketish havfi bor holatdagina qo’lkishandan foydalanish hamda havf soluvchi holatdagina gazli qurol bilan qo’rqitib, birdaniga qo’lkishan taqish ham- qonunni buzganligini bildiradi.
Yana demokratik jamiyat advokatlar komiteti ta’kidlaydiki, immigrantlarni nazorat qilish hodimlari jinoyatchini hibsga olishda qamoqqa olinish sababi, advokatdan yordam olish huquqi borligi haqida oldindan ogohlantirish miranda tamoyillarini ham aytmay,o’zining faqat pasportini ko’rsatganligiga urg’u berdi. Miranda tamoyillari jinoyatchini qo’lga olishda eng asosiy tamoyillar sifatida belgilangan bo’lib, noqonuniy ishchilarni hibsga olishda ham bu tamoyillarga amal qilish kerak.
Advokat Chon Xyong Be va Demokratik jamiyat advokatlar komitetidagi 9 kishi - bu holatdagi hibsga olish shakli qonun tartiblariga asoslanmay keng masshtabda amalga oshirilayotganligi hamda ruxsatnomasiz hibsga olishi-konstitutsiyaning 12-modda 1-bandga asosan shaxsni hibsga olish bo’yicha halqaro qonun va qoidalarni buzilganligi va noqonuniy hibsga olinganligini tanqid qildilar.