HOME | SEARCH | LOG IN | SIGN UP
Kirish Konsultatsiya Ta’lim Tadbirlar Tibbiy xizmatlar Media Ochiq galereya
E’lonlar
Nashrga tayyor yangiliklar
Voqea hodisalar ro’yhati
Rasmlar
Bog’liq saytlar
- Seoul
- GyeongGi-Do
- InCheon
- GwangJu
- DaeGu
- BuSan
- GangWon
- GyeongSangNam-Do
- GyeongSangBuk-Do
- JeolLaBuk-do
- JeolLaNam-do
- ChungCheongNam-Do
- ChungCheongBuk-Do
- JeJu-Do
Ustunlar
 Home > Ochiq galereya > Ustunlar > Navro'z

    Navro'z
    Admin     2008/03/18 3:41 pm

MAMLAKATIMIZ “NAVRO’Z” BAYRAMINI QARSHILAB OLISH ARAFASIDA

An’analar, urf-odatlar, rasm-rusmlar insoniyat taraqqiyotida muhim o’rin tutadi. Ular hayotiy zarurat tufayli paydo bo’lgan va xalqning turmush tarzi, ruhiyati, ma’naviy dunyosi, orzu-istaklarini ifoda etib, jamiyatning ma’naviy-axloqiy rivojlanishiga katta ta’sir qilgan. An’analar mazmunan xar bir millatni, xalqni, elatni ezgulikka, insonparvarlikka, yaxshilikka chorlaydi. Ular davr talabi bilan ham shaklan, ham mazmunan yangilanib boradi.

Ba’zi bir ananalar o’zining ijobiy ta’siriga, umrboqiyligiga ko’ra ma’naviy qadriyat darajasiga ko’tariladi. Sharq xalqlarining ana shunday umrboqiy ma’naviy kadriyatlaridan biri — Navro’zdir. Bu bayram bir necha ming yillik tarixga ega.

Navro’z — yashnash, yasharish bayrami, tabiatning uyg’onishi bilan bog’liq yangi kunning boshlanishidir. 21 mart kecha va kun-duz tenglashgan kun — Yangi yil, yani Navro’z bayrami sifatida Sharq xalqlari tomonidan keng nishonlanadi. U dehqon uchun ekin-tikin ishlarining boshlanish pallasi hisoblanadi.

Ota-bobolarimiz, buvi-momolarimiz bu bayramni nishonlab, turli-tuman, rang-barang udum va marosimlar o’tkazishgan. Qadimda ajdodlarimiz Navro’z kunlari qishki manzillari — qishloqlardan yozgi mehnat va hordiq maskanlari -yozloqlarga ko’chib o’tishgan. Dalalarda bahorgi ekin-tikin ishlari boshlanib ketgan. Dehqonlar erga qo’sh solishgan. Jamoa-jamoa bo’lib, hasharlar uyushtirishgan. O’tgan ajdodlar ruhi yod qilingan. Ommaviy ravishda me’vali, manzarali daraxtlar o’tqazilgan. Dalalarda, yozloqlarda Navro’z — yangi yil, yangi hayot qaynagan.

Ajdodlarimiz Navro’z bayramiga atab maxsus kiyimlar tikishgan va ularni kiyib, bayram qilishgan. Navro’z taomlari ham o’ziga xos bo’lgan. Ular orasida, ayniqsa, sumalak, halim tayerlash ananaviy tusga kirgan. Bu bayramda bolalarning ishtiroki juda faol bo’lgan. Ular Navro’z bayramida turli ommaviy bayram o’yinlari o’ynaganlar. Ot o’yin, chillak, qo’g’irchoq, tosho’yin, lapar aytish va hokazolar shular jumlasidandir. Bolalar, o’smirlar, o’spirinlar, bo’y qizlar sumalak pishirish marosimida faol ishtirok etish uchun ancha ilgariroq tayyorgarlik ko’rishgan.

 

Bu jarayonlarda  turli-tuman xalq o’yinlari, bahor qo’shiqlari ijro etilgan. Kitobxonliklar, turli jismoniy tarbiyaga oid sovrinli o’yinlar, musobaqalar tashkil etilgan. Ko’pkari-uloq, kurash o’yinlari, hayvon va parrandalar (xo’roz, it, qo’chqor)ni urishtirish, masxarabozlik, askiyabozlik, dor o’yinlari, turli xil xalq tomoshalari o’tkazilgan.

Navro’z - mehnat, mehr-oqibat, insonparvarlik bayramidir. Bu kun marhumlarning qabrlari ziyorat qilinadi. Keksa, nogiron, yolg’iz qariyalar, ota-onalar yo’qlanadi. Kishilar bir-birlariga sovg’a-salomlar ulashib, shirinliklar hadya etishadi.

Navro’z — muhabbat, sevgi, sadoqat bayrami. Navro’z munosabati bilan nikoh to’ylari o’tkazilgan. Yigit-qizlar bir-birlari bilan ahdu paymon qilishgan. Yangi tushgan kelin qo’lidan choy ichish maqsadida “kelin ko’rdi”ga borilgan.

Navro’z — do’stlik, birodarlik bayramidir. Ushbu kunni nafaqat Sharq xalqlari, balki millati, dini, e’tiqodidan qati nazar, barcha bayram qiladi. Navro’z bayrami O’zbekistonda dam olish kuni, rasmiy  bayram kuni deb qabl qilingan. Uni hozirgacha ham yoshlardan tortib yoshi keksa kishilar ham tantali tarzda kutib olishadi.

view list 

Jump to:  


KMcenter 137-1 Garibong 1 Dong, Guro-Gu, Seoul.
Copyright by 2004 MigrantWorkers Center in Korea. All right, reserved. Representative : Son Jong Ha
Supported by ONTOIN