HOME | SEARCH | LOG IN | SIGN UP
Kirish Konsultatsiya Ta’lim Tadbirlar Tibbiy xizmatlar Media Ochiq galereya
E’lonlar
Nashrga tayyor yangiliklar
Voqea hodisalar ro’yhati
Rasmlar
Bog’liq saytlar
- Seoul
- GyeongGi-Do
- InCheon
- GwangJu
- DaeGu
- BuSan
- GangWon
- GyeongSangNam-Do
- GyeongSangBuk-Do
- JeolLaBuk-do
- JeolLaNam-do
- ChungCheongNam-Do
- ChungCheongBuk-Do
- JeJu-Do
Ustunlar
 Home > Ochiq galereya > Nashrga tayyor yangiliklar  > Koreya iqtisodiy rivojlanishning nuri va soyasi-professor Sin Jong Van

    Koreya iqtisodiy rivojlanishning nuri va soyasi-professor Sin Jong Van
    Admin     2008/03/03 9:35 am
 

(bu maqola-o’tgan fevral oyida Songgong universitetida bo’lib o’tgan professor Sin Jong Vanning migrantlar ta’limi haqidagi ma’ruzasi.)

Hurmatli migrantlar! Koreyaga tashrif buyurishingizning sababi nimada? Ko’pchilik ko’proq pul ishlash maqsadida kelishadi. Koreyada ham chet elga pul ishlash maqsadida borishadi. Chiroyli mashina, osmono’par binolarni sotib olish niyatida pul ishlashadi. Koreyada ham oldin mashina va osmono’par binolar mavjud emasdi. Koreyning rivojlanishi butun dunyo davlatlari ichida eng tez rivojlangan davlat hisoblanadi.

Pak Jong Hi prizidentlik davrida davlat tez rivojlandi. Eksport iqtisodiyotning asosi bo’lib, hukumat esa iqtisodiyotning markazi, mehnat birlashuvini chegaralash, rivojlanishni eng muhim narsa deb belgilagan siyosat kabilar bunga sabab bo’lishi mumkin. Zavodlarni ochish uchun neft va uskunalarni sotib olish uchun Aqsh dollari kerak edi. AQSh boshida yordam ko’rsatganligi tufayli dollar juda ko’p edi, ammo AQSh dollar miqdorini qisqartirishni boshlaganidan so’ng, Koreya dollarni harid qilish uchun tovarlarni chet elga sotish kerak bo’lib qoldi. Shu sababli eksportga katta e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, dollarni o’z vataniga olib kelish maqsadida Koreya korxonalari chet el banklaridan pulni qarzga olib kelishlari kerak edi. Lekin o’sha paytda horij banklari biladigan Koreya korxonasi bo’lmaganligi sababli o’rniga Koreya hukumati qarzga pul oldi. Korxonalar o’rniga qarz olgan hukumat korxonalar kasodga uchrasa, o’rniga qarz to’lashi lozim bo’lib, kompaniyalar kasodga uchramasligi uchun yordam ko’rsatdi. Eksportni ko’p qilgan kompaniyalarga soliqlarni qisqartirib, korxonani kengaytirsa, yanada ko’proq eksport qilishi mumkin deb fikrlab, oligarxiyani kengaytirib, hukumat iqtisodiyotni boshqarishga to’g’ri keldi. Mehnat birlashuvini qiyinlashtirgan kuch ham –hukumat edi. Mexnat birlashuvi ko’paysa korhonalar vaziyati og’irlashib, mexnat birlashuvi ishlamasa, eksport qilishni iloji bo’lmay, mexnat birlashuviga repressiya siyosatini o’tqazdi.

Rivojlanish hamma narsadan ustun bo’lganligi sababli, hayotning mazmuni va atrof muhitga qiziqish yuq edi. Taxminan 100 yil oldin koreys halqi juda tinch va sekin ishlashardi. Rivojlanish hamma narsadan ustun ekanligiga intilib, iqtisodiy rivojlanish 1-o’ringa chiqib olgach, xalq shovqinlashib, chaqqon ishlaydigan bo’ldi.

1997 yilda Koreya horij mablag’ yetishmasligi tufayli qiyinchilik ko’rdi. Horijga investitsiya qilgan yirik korxonalar chet el banklari va Koreya banklaridan shak-shubxasiz qarzga pul olishdi. Ammo Tailand, Gongkong kabi chet el valuta krizisni boshidan kechirib, chet el banklari Koreya korxonalariga qarzga bergan pullarni darhol qaytarishni talab qilib ,krizisga duch keldi. Koreya hukumati iqtisodiy krizisni yengib o’tish uchun tizimni almashtirish(ishchilar masshtabini qisqartirish)dan boshqa iloji qolmagan edi. Yashab ketish iloji bo’lmagan korxona va banklardan voz kechib, chet elga Koreyaning bank va jamoa korxonalarini sotdi. Hamda tizimni almashtirayotib, ishchilar masshtabini qisqartirishni osonlashtirish uchun, ishdan bo’shatish va shartnoma tuzmasdan ishchilarni yollashni oson qilib qo’ydi.  

Horij valyuta krizisidan so’ng biznesning tuzulmaviy o’zgarishlari ko’paydi. Horij kapitali ko’payib, korxona kapitali y’ani investitsiya kamaydi. Investitsiya kamaygach, ishchilarni yollash ham kamayib, aksiga nostandart, shartnomasiz bo’lgan ishchilar soni kengaydi. Iqtisodiyot va jamiyat asta-sekin o’zgarib, bir –biridan uzoqlashishi kuchaydi. Yirik korxonalar rivojlanib, boy odam yanada yaxshi hayot kechirib, o’rta va kichik korxonalar ahvoli yanada og’irlashdi.

Iqtisodiyot rivojlansa, albatta yaxshi tarafi bor! Bu narsa- Koreya iqtisodiy rivojlangan davlatlar qatoriga kirib, aholining yashash darajasi yaxshilandi. Rivojlangan davlatlar qatoriga kirish- sanoat tizimida o’zgarish ro’y berib, mustahkamlanishdir.

Ammo iqtisodiy rivojlanishning yomon tomonlari ham mavjuddir. Yirik korxonalar rivojlanib, o’rta va kichik korxonalar chetlashtirilib, yoshlarning ishsizligi oshdi. Bundan tashqari, mexnat xarakati rivojlanmadi. Barcha ish kuchining 10%gina mexnat birlashuviga a’zo bo’lib, mexnat birlashuviga a’zo bo’lish miqdori 80%i Shimoliy Yevropa va 30%i` yuqori bo’lgan Germaniyaga qaraganda ancha past daraja bo’lib,         Rivojlanish va iqtisodiy birlashuv tashkiloti davlatlari orasida 2-o’rinda bo’lib, past hisoblanadi. Bundan tashqari, yuqorida aytib o’tgandek, iqtisod va jamiyat orasi uzoqlashishi kuchayib, rivojlangan davlatlarga qaraganda ijtimoiy ta’minot tizimining rivojlana olmasligi ham muammo bo’lishi mumkin.

view list 

Jump to:  


KMcenter 137-1 Garibong 1 Dong, Guro-Gu, Seoul.
Copyright by 2004 MigrantWorkers Center in Korea. All right, reserved. Representative : Son Jong Ha
Supported by ONTOIN