HOME | SEARCH | LOG IN | SIGN UP
Kirish Konsultatsiya Ta’lim Tadbirlar Tibbiy xizmatlar Media Ochiq galereya
E’lonlar
Nashrga tayyor yangiliklar
Voqea hodisalar ro’yhati
Rasmlar
Bog’liq saytlar
- Seoul
- GyeongGi-Do
- InCheon
- GwangJu
- DaeGu
- BuSan
- GangWon
- GyeongSangNam-Do
- GyeongSangBuk-Do
- JeolLaBuk-do
- JeolLaNam-do
- ChungCheongNam-Do
- ChungCheongBuk-Do
- JeJu-Do
Ustunlar
 Home > Ochiq galereya > Nashrga tayyor yangiliklar  > O’zgalar yurtida yashash. (Sehva Hong)

    O’zgalar yurtida yashash. (Sehva Hong)
    Admin     2008/01/28 9:42 am

Bu o’tgan fevral oyida Sunkonghe Universitetida migrant ishchilarga ta’lim berishda Sehva Hongning ma’ruza hulosasi. 

O’zgalar yurtida yashash chet ellik yoki migrant kabi ma’nolarni anglatadi. O’zim ham 20yil Fransiyada yashagan bo’lsamda, buning ma’nosini bilish men uchun ham bilish qiyin. Balki, siz Koreyada yashab turgan bo’lsangiz buning ma’nosini mendan ham yahshi bilsangiz kerak.

Men Koreyani 1979 yil tark ettim va 20 yildan so’ng yani 1999 yil qaytib keldim. Men ishlagan kompaniya meni Fransiyaga ishlash uchun yubordi.

Men Fransiyada bulgan vaqtlar Koreyaga qaytolmaslik kabi holatlarga duch kelardim, chunki  men ishlagan tashkilot Jeong-hee Park prezidenti fosh etilgan diktarorligiga qarshi qattiq harakatlarini bayon etardi. Shunday qilib men quvg’in qilingan bo’lib, emigrant sifatida qoldim. ,

Usha paytlari mening bolalarim 5 va 2 yoshda edi. Hayot va o’lim savollari bilan to’qnash keldik, hotinim mexmonxonada oddiy ishchi bo’lib ishlardi, men esa aravakash va kechki qorovul bo’lib ishlardim. Emigrant sifatida tan olinganimdan so’ng taksist bo’lib ishladim. Men o’ta qabul qilinuvchan bo’ldim, ya’ni fransuz odamlari uchun fuqaroviy ishchidan tashqari turli toifadagi ishchi bo’la olardim va mening bolalarim frantsuz bolalari kabi ta’lim olishga qurbi yetardi.

Migrantlar va emigrantlar qanday paydo bo’ladilar? Oldinlari ularning ko’pchiligi irqiy, siyosiy va diniy sabablarga ko’ra paydo bo’lishardi, hozirgi kunda esa asosan iqtisodiy sabablarga ko’ra paydo bo’lmoqdalar. Odamlar ko’chishining sababi globalizatsiya nomi bilan evroplashgan hayot shakli bo’lgan yahshi hayot bilan yashashdir. Kapital, yani pul bor joyda albatta migrantlar ham bor. Kapital va mahsulotlar milliy chegaralardan erkin o’tib ketadi, ammo migrantlar kapitali ruhsat berganda yoki kapital kerak bo’lganda ko’chish imkoniyatiga egadirlar. Migratsiyaning asosiy predmeti odamlar emas balki kapitalning o’zidir, va u odamlarni nazorat qiladi.

Kapitali bo’lmagan migrantlar qiyin ishda ishlashga majbur bo’lishib, yengib chiqishadi va ularning ko’pchiligi qiyin nochor ahvolda qolib ketishadi. Ular inson huquqlari muammolari yuzaga kelganda kamchilik sifatida ajratilishadi. Bu holatlarda ular inson huquqlari ma’nosida eng quyi darajaga ega bo’lishadi. Migrant ishchilarni Birinchi Dunyo bo’lgan g’arb jamiyatiga yo’naltirib qaraydigan va fetishism, aralashmagan qon tamoyiliga hamda Uchinchi Dunyo odamlariga tepadan qaraydigan Koreys odamlarining irqiy kamsitilishidan ajratishadi,

Hamma erkaklar ohir oqibatda migrant ishchilardir. Hristian harakati aktivisti shunday degan ekan: «Bu yer bizning ota-bobolarimizdan meros bo'lib qolmagan, hamda bizning avlodlardan ham o'zlashtirilmagandir». Bizning avlodlar migrantlarni cheklashimizni kelajakda so'rashmasin. Avlodlarimiz oldida kim bu yerning haqiqiy egasi deganda, bunga shu yerga kelib ketadigan albatta biz yani migrantlar javob bo'la oladi.  

Hamma migrantlarning o'z uyi bor. Koreyada migrantlarning uylari va madaniyati bor. Koreys madaniyati bilan aralashgan va ifodalangan migrantlar madaniyati bizning avlodlar duo qiladigan katta engillikdir.

Turli madaniyatli jamiyatni qurish oson ish emas. Ko'pchilik Osiyo davlatlari madaniyati bilan birga yashash uchun migrantlar va migrant bo'lmaganlar bir birlari bilan hamkorlik qilishlari kerak. Koreya madaniyatidan tashqari bo'lgan madaniyatlarni saqlash hamda ularning koreys madaniyatida yo'qolib ketishi va parchalanishini oldini olish bu bizning vazifamizdir.

view list 

Jump to:  


KMcenter 137-1 Garibong 1 Dong, Guro-Gu, Seoul.
Copyright by 2004 MigrantWorkers Center in Korea. All right, reserved. Representative : Son Jong Ha
Supported by ONTOIN