HOME | SEARCH | LOG IN | SIGN UP
Kirish Konsultatsiya Ta’lim Tadbirlar Tibbiy xizmatlar Media Ochiq galereya
Konsultatsiya bo'limi
O'zgarishlar
Arxiv
Savol-javob
Konsultatsion qo'llanma
Help-line 1644-0644
 Home > Konsultatsiya  > Konsultatsion qo'llanma > Kompensatsiya turlari
    Muhojir ishchilar korxona hisobidan siz ham ta`til oling!
    2013/11/27 11:17 am
   
Yillik ta`til tizimi bu ishchi 1yil davomida tinimsiz ishlash natijasida paydo bo`luvchi dam olish kun hisoblanib, ruhiy, jismoniy horg`inlikga barham berish hamda mehnat unumdorligini oshirib, madaniy hordiq chiqarish uchun ishlab chiqilgan ta`til tizimidir.
Yillik ta`til 1yilda 8ta ish kunidan ko`p ishlagan ishchilarga 15kun ishxona hisobidan ta`til berilishiga aytiladi. 3yildan oshiq ishlasa, bu kun har 2 yilda bir kundan oshib boradi. Mazkur tizim korxona turidan, ishning yo`nalishidan qatiy nazar muqum bir joyda ishlaganlarga berilishi majburiydir.
Yillik ta`til korxona hisobidan beriladigan ta`til hisoblanib, dam olgan kun uchun albatta maosh to`lanishi kerakdir. Dam olmasdan ishlagan bo`lsa, yillik ta`til pulini to`lashi kerak bo`ladi.
Lekin muhojir ishchilar orasida yillik ta`til sifatida dam oladiganlar yoki dam olish o`rniga ta`til pulini oladiganlar juda kamdir.
Mehnat kodeksida himoladorlik, tug`ish kabi ayol ishchilar uchun 90kunlik tug`riq ta`tili ham ko`rsatilgan. Mazkur qonun korxona turidan, ishning yo`nalishidan qatiy nazar 1kishidan kop ishchi ishlaydigan mehnat maussasalariga tegishlidir. Va shu bilan birga bu tizim vaqtinchalik ishchi yoki qo`shimcha ishchilarga ham tegishlidir. Faqat kunlik qo`shimcha ishchilargagina tegishli emas.
Yillik ta`til hamda tugruq ta`tili qonunan belgilanib, qo`yilgan sizning huquqingizdir. Muhojir ishchilar o`z haq huquqlaringizni yaxshi bilgan holda amalini talab qiling.

Mutahassis fikri
1. Pak Mun Hyok Mehnat tekshiruvchisi / Seul Kvuanak Mehnat Vazirligi Mehnat kodesklarni yangilash bo`yicha 1 maslahat bo`limi
Ishchi bir korxonada 1yildan ko`p ishlasa, yillik ta`til paydo bo`lib, bu ta`tildan foydalanmasa ta`til pulini olishi kerak bo`ladi. Bordiyu bu pulni korxona raxbari to`lashdan bosh tortsa, unga 3 yilgacha ozodlik mahrum qilish jazosi yoki 20million von miqdorda jarima to`lashiga majbur qilinadi.
Ta`til pulini ololmaganlar Mehnat vazirligiga kelib, korxona ustidan shikoyat arizasini yozish kerak bo`lib, vazirlikdagi tekshiruvchi ishni o`rganib chiqib, to`lashi kerakligi haqida raxbarga ogohlantirish beradi. Ogohlantirganda ham raxbar pul to`lashdan bosh tortsa uni qonunan javobgarlikka tortadi.

2. Pak Mun Hyok Mehnat tekshiruvchisi / Seul Kvuanak Mehnat Vazirligi Mehnat kodesklarni yangilash bo`yicha 1 maslahat bo`limi
Tug`riq ta`tilidagi ayol ishchini besabab, ishdan haydashi mehnat kodeksining ishdan haydash mumkin bo`lmagan bobiga binoan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki 30million von miqdorda jarima solinadi. Tug`ruq ta`tili tugagandan song ishlashga chiqgan ishchining uning roziligisiz 30 kundan keyin ham ishdan besabab haydash qatiyan ma`n etiladi. Agar shu kabi haydalganlar bo`lsa o`z huquqidagi mehnat vazirligiga shikoyat qilsangiz, korxona ustidan bir zumda ish ochiladi. Ishga qayta tiklanishni istasangiz mehnat qo`mitasiga murojat qilsangiz, ishga qaytishingizga yordam ko`rsatilinadi.
view list 

Jump to:  


KMcenter 137-1 Garibong 1 Dong, Guro-Gu, Seoul.
Copyright by 2004 MigrantWorkers Center in Korea. All right, reserved. Representative : Hae Seung Kim
Supported by ONTOIN