Koreys tili milliy instituti nafaqat migrant ishchilarga balki koreysga turmushga chiqqan chet ellik ayollar uchun EBS telekanalida koreys tili teledasturini olib bormoqda.
‘Migrantlar uchun koreys tili ta’limi’- 5 noyabrdan boshlab 2008 yil 27 aprelgacha har hafta dushanba, seshanba, chorshanba kunlari ertalab soat 6:00dan boshlab 30 daqiqa davomida EBS plus2 sputnik kanali televidiniyasi orqali namoyish etiladi. Koreys tili milliy instituti tashkil qilgan ‘o’rta darajadagi koreys tili(2-bosqich)’ darsi butun ta’lim jarayonida oddiy koreys tilida olib boriladi.
Bu teledastur tugagandan so’ng Koreys tili milliy instituti Koreys tili 1-bosqich (boshlang’ich) teledasturlarini yapon, xitoy, vyetnam, mongol, tailand, rus va filippin kabi 7 tilda olib borish mo’ljalida.