HOME | SEARCH | LOG IN | SIGN UP
Kirish Konsultatsiya Ta’lim Tadbirlar Tibbiy xizmatlar Media Ochiq galereya
Konsultatsiya bo'limi
O'zgarishlar
Arxiv
Savol-javob
Konsultatsion qo'llanma
Help-line 1644-0644
 Home > Konsultatsiya  > Konsultatsion qo'llanma > Oylik maoshimizni hisoblab ko’raylik!
    Ishchilarni yollash bilan bog'liq
    2007/12/18 12:42 pm
    http://www.migrantok.org/uzbekistan/viewtopic.php?t=432
◦ Ishchilarni yollash tizimi bo’yicha ishlayotgan chet ellik ishchilar koreys halqi bilan birgalikda Koreya Mehnat Kodeksi qonunlari bilan himoyalanadi.
◦ Koreyaga kelgan kundan boshlab 90kun ichida tegishli immigrantlarni nazorat qilish boshqarmasida ro’yhatdan o’tish kerak.
* Passport, shaxsiylik guvohnomasi (id-card) va maosh olish uchun bank hisob raqami daftarchasini shaxsan o’zlarida saqlab yurishlari kerak.
◦ Ish joyini almashtirish uchun faqatgina 3 marta ruhsat beriladi. Ish joyini almashtirish sabablari:
① Korxonada ish bo’lmagan holatda yoki korxona kasodga uchragan holatda, ya’ni korxona muammosi tufayli ishlashning iloji bo’lmagan holatda;
② Korxonada kaltaklanganda hamda oylik maoshini bermaslik kabi mehnat kodeksi qonunlariga rioya qilinmagan holatda;
③ Jarohat ko’rganda hamda kasal bo’lib korxonada ishlashi qiyin bo’lib, boshqa korxonada ishlay olgan holatda;
④ 1yillik shartnoma muddati tugab qayta shartnoma tuzilmagan holatda.
* Bu 3 martada ham kompaniya sabablariga ko’ra ish joyini almashtirgan bo’lsa, yana 1marta ish joyini o’zgartirishi mumkin.
◦ Ish joyini o’zgartrishda ishchining noqonuniy ishchi bo’lib qoladigan holatlar qoyidagilardir:
- Ishdan ketgan kundan boshlab 1 oy ichida ish joyini o’zgartirish haqida ariza bermagan holatda;
- Ariza bergan kundan boshlab 2 oy ichida korxona bilan shartnoma tuzmagan holatda;
- O’z hohishi bilan ishdan ketib, ishga chiqmagan holatda.
* Ishchilarni yollash markazi yo’naltirgan korxona emas, balki o’zi shaxsan yoki tanishlari topib bergan korxona - chet elliklar ishlashi taqiqlangan korxona bo’lishi holatlari ko’pdir.
◦ Immigrantlarni nazorat qilish boshqarmasiga vaqtida ariza berilmasa qo’yidagi holatlarda jarima to’lashi hamda deportatsiya qilinishiga to’g’ri keladi. (ishlamaydigan holatlarda, ishchilarni yollash markazida ish izlash mobaynida ekanligi haqidagi ma’lumotnomani olib, vaqtinchalik ro’yhatdan o’tishi kerak)
- Ish joyini o’zgartirish yoki korxona manzili o’zgarganda;
- Viza muddatini uzaytish kerak bo’lgan paytda.
◦ Vatanga qaytish sug’urtasi (ya’ni 13-oylik)ni olish uchun korxonada kamida 5 kishi ishlaydigan va 1 yildan ortiq ishlagan holatdagina Samsong Huaje sug’urtalar kompaniyasiga borib, ariza berishlari mumkin. 13-oylik davlat tomonidan belgilangan miqdordan kam bo’lsa, ishlagan korxonadan talab qilish kerak.
◦ Qayta ishga qabul qilinish tizimi: 3 yillik shartnoma bilan ishlagandan so’ng yana qayta Koreyada ishlashi ham mumkin.
- Oxirgi korxonada 180 kun(6 oy)dan ortiq ishlagan bo’lishi kerak.
- Korxonaning shaxsiy sabablari tufayli ish joyini o’zgartirganda agar 180 kundan kam bo’lsa ariza berishi mumkin.
- Viza muddati tugashiga 180 kundan boshlab, kamida esa 30 kun qolganda korxona boshlig’i qayta ishga qabul qilishi haqida Mehnat vazirligiga ariza berishi kerak.
‣ Korxonada muammo bo’lganda, yoki ishlash qiyin bo’lganda oldin yaqin oradagi Chet ellik ishchilarni qo’llab quvvatlash markazi(maslahat bo’limi)ga murojaat qilish kerak. .
‣ Siz ishlaydigan maskanlarda sizga yordam ko’rsatadigan maslahat bo’limlari mavjud. Koreyada istiqomat qilayotib, turli masalar bo’yicha maslahat bo’limlariga murojaat qilsangiz sizga o’z yordamlarini ko’rsatishi mumkin.
view list 

Jump to:  


KMcenter 137-1 Garibong 1 Dong, Guro-Gu, Seoul.
Copyright by 2004 MigrantWorkers Center in Korea. All right, reserved. Representative : Hae Seung Kim
Supported by ONTOIN