HOME | SEARCH | LOG IN | SIGN UP
Kirish Konsultatsiya Ta’lim Tadbirlar Tibbiy xizmatlar Media Ochiq galereya
Konsultatsiya bo'limi
O'zgarishlar
Arxiv
Savol-javob
Konsultatsion qo'llanma
Help-line 1644-0644
 Home > Konsultatsiya  > Konsultatsion qo'llanma > Ishchilarni yollash bilan bog'liq
    Oylik maoshimizni hisoblab ko’raylik!
    2007/12/18 12:43 pm
    http://www.migrantok.org/uzbekistan/viewtopic.php?t=433
◦ Korxona boshlig’i ishchiga oylik maoshni naqd yoki bank hisob raqamiga pul ko’chirish yo’li bilan muntazam ravishda to’liq miqdorda to’lashi lozim.
- oylik maosh o’rniga mahsulot qabul qilish yoki boshqa shaxsning o’rniga oylik maoshni olish mumkin emas.
◦ Hukumat ishchining hayot havfsizligi uchun eng kam ish haqini belgilab qo’ygan.

Yillar---------1 soat ish haqi-----1 kunlik ish haqi-----------Oylik ish haqi
-----------------------------------------(norma 8 soat)----- (norma haftasiga 40 soat yoki44 soat)
2010yil minimal oylik maosh ko`rsatgichlari:
40 soatlik kompaniyalar: Asosiy bir oylik maoshi 858,990von 44 soatlik kompaniyada 928,860von. Asosiy ishning bir soati 4,110von qo`shimcha ish soati esa 6,165von.
◦ Oddiy ish vaqti 1 kunga 8 soat bo’lib, 1 haftasiga 44 soatdan oshishi mumkin emas. Ish vaqti ko’paytirilgan holatda qo’shimcha ish haqi to’lanishi lozim. Ishchining roziligisiz 1 haftaga 12 soatdan ortiq qo’shimcha ish buyirishi mumkin emas.
◦ Korxonaning jiddiy sabablariga ko’ra ishchini ishdan bo’shatilishini 30 kun oldin ogohlantirish kerak, aks holda odatdagidek, 30 kunlik oylik maoshini to’lash lozim. Lekin, sinov muddatida bo’lgan ishchi, ishga kirganiga 6 oy bo’lmay ishdan bo’shatilgan ishchi va tabiiy ofat holatlari bundan mustasnodir.
◦ Korxona sabablariga ko’ra ish bo’lmagan paytda dam olish berildanda, korxona boshlig’iga o’rtacha oylik miqdorining 70% bo’lgan vaqtincha ishlamaslik nafaqasiga ariza berishi mumkin.
◦ Oylik maoshining kechiktirilishi yoki ololmagan holatda 3 yil davomida korxona boshlig’idan talab qilishi hamda Mehnat vazirligiga ariza berishi mumkin.
◦ Ishchi qo’shimcha mehnat qilganida qo’shimcha mehnat qilganida korxona boshlig’i har bir ish soatiga o’rtacha 50% qo’shimcha qo’shib to’lashi lozim, bundan tashqari ishchi kechki (22:00dan ertasi kuni 06:00gacha) va dam olish kunida mehnat qilganda korxona boshlig’i ishchining ish haqiga yana har bir ish soat haqining 50%ini qo’shib berishi kerak.

◦ 1 soat ish haqi 4,110 von - ishchi oddiy ish kunlarida ertalab soat 8:00da ish boshlab, kechasi soat 23:00gacha mehnat qilganda;
(tushlik vaqti 12:00~13:00, kechki ovqat 18:00~19:00)
- Standart ish vaqti 8 soat (08:00~17:00),
Standart ish haqi: 8 soat × 4,110 von= 32,880 von
- Qo’shimcha ish vaqti 5 soat (17:00~18:00, 19:00~23:00),
Qo’shimcha ish haqi : 5 soat × 6,165von(4110von × 1.5) = 30825von
- Kechki ish vaqti 1 soat (22:00~23:00),
Kechki ish haqi: 1soat × 2055von(4,100von × 0.5) = 2.055von
※ To’liq ma’lumotlarni olish uchun Chet ellik ishchilarni qo’llab quvvatlash markaziga tashrif buyurib, maslahat bo’limiga murojaat qilishingiz mumkin.
view list 

Jump to:  


KMcenter 137-1 Garibong 1 Dong, Guro-Gu, Seoul.
Copyright by 2004 MigrantWorkers Center in Korea. All right, reserved. Representative : Hae Seung Kim
Supported by ONTOIN