HOME | SEARCH | LOG IN | SIGN UP
Kirish Konsultatsiya Ta’lim Tadbirlar Tibbiy xizmatlar Media Ochiq galereya
Konsultatsiya bo'limi
O'zgarishlar
Arxiv
Savol-javob
Konsultatsion qo'llanma
Help-line 1644-0644
 Home > Konsultatsiya  > Konsultatsion qo'llanma > Ish almashtirish qonun qoidalari
    Ish almashtirish qonun qoidalari
    2008/01/20 2:45 pm
    http://www.migrantok.org/uzbekistan/viewtopic.php?p=553#553
Ish almashtirish uchun - Ishchilarni yollash markazi (고용지원센터)ga boriladi

◦ Ish joyini almashtirish uchun faqatgina 3 marta ruhsat beriladi. Ish joyini almashtirish sabablari:
① Korxonada ish bo’lmagan holatda yoki korxona kasodga uchragan holatda, ya’ni korxona muammosi tufayli ishlashning iloji bo’lmagan holatda;
② Korxonada kaltaklanganda hamda oylik maoshini bermaslik kabi mehnat kodeksi qonunlariga rioya qilinmagan holatda;
③ Jarohat ko’rganda hamda kasal bo’lib korxonada ishlashi qiyin bo’lib, boshqa korxonada ishlay olgan holatda; Doktordan chindanso (진단서) va sogyonso (소굔서) olib kelishi kerak.
④ 1yillik shartnoma muddati tugab qayta shartnoma tuzilmagan holatda.
 * Bu 3 martada ham kompaniya sabablariga ko’ra ish joyini almashtirgan bo’lsa, yana 1marta ish joyini o’zgartirishi mumkin.
◦ Ish joyini o’zgartrishda ishchining noqonuniy ishchi bo’lib qoladigan holatlar qoyidagilardir:
- Ishdan ketgan kundan boshlab 1 oy ichida ish joyini o’zgartirish haqida ariza bermagan holatda;
- Ariza bergan kundan boshlab 2 oy ichida korxona bilan shartnoma tuzmagan holatda;
- O’z hohishi bilan ishdan ketib, ishga chiqmagan holatda.
 * Ishchilarni yollash markazi yo’naltirgan korxona emas, balki o’zi shaxsan yoki tanishlari topib bergan korxona - chet elliklar ishlashi taqiqlangan korxona bo’lishi holatlari ko’pdir.
◦ Immigrantlarni nazorat qilish boshqarmasiga vaqtida ariza berilmasa qo’yidagi holatlarda jarima to’lashi hamda deportatsiya qilinishiga to’g’ri keladi. (ishlamaydigan holatlarda, ishchilarni yollash markazida ish izlash mobaynida ekanligi haqidagi ma’lumotnomani olib, vaqtinchalik ro’yhatdan o’tishi kerak)
- Ish joyini o’zgartirish yoki korxona manzili o’zgarganda;
- Viza muddatini uzaytish kerak bo’lgan paytda.
view list 

Jump to:  


KMcenter 137-1 Garibong 1 Dong, Guro-Gu, Seoul.
Copyright by 2004 MigrantWorkers Center in Korea. All right, reserved. Representative : Hae Seung Kim
Supported by ONTOIN