- Hozirgi jamiyatimizni kompyutersiz tassavur qilib bo’lmaydi. Vatandan uzoq bo’la turib, oila a’zolari bilan Messenger(chat) yoki e-mail yordamida aloqa qilish, o’zaro yangiliklar bilan almashish yordamida sog’inchni ozgina bo’lsada qondirsa ham buladi.
Kompyuterdan foydalanish nafaqat aloqa qilish uchun, balki Koreyada yashash davomida yanada takomillashgan ravishda hayot kechirish uchun ham foydalidir. Internet orqali kerakli ma’lumotni olib, dunyoqarashni kengaytirish insonni jamiyatda yanada aktiv yashashiga ko’mak beradi, hamda o’z vataningizga qaytganingizda ham bu axborot almashish qobiliyati hayotingizda ijobiy o’zgarishlarga olib kelishi mumkin.
Bu kompyuter xonasi chet ellik ishchilarga koreys tilida muloqot qilish, doimiy farovon hayot kechirish va vatanga qaytganidan so’ng ham yordam tegishi maqsadida tashkil qilindi.
2. O'qitish jarayoni
- 1 yilda 2 semestr
- har bir semestrda 20 hafta (ta’til ham hisobga olingan)
- darsning boshlanishi (fevral, avgust)
-ta’til (1 oy atrofida yanvar, iyul oylarida)
3. Ta'lim olish huquqiga ega bo'lganlar
- Chet ellik ishchi
- Migrant ayol
4. Kompyuter kursi bilan tanishuv
Kurslar | Qisqacha ta’rif | Kurs mazmuni |
Tayyorgarlik kursi | Kompyuterdan foydalanishni o’rganish | - Kompyuterni o’chirish- yoqish, - Koreys alfaviti - hangilni terishni o’rganish - Kompyuter bilan bog’liq oddiy terminlarni o’rganish - Messengerdan foydalanish usuli |
Boshlang’ich kurs | Windous OS, internet, | - Fayl haqida tushuncha - Windows OSga qo’shimcha programmalarni o’rnatish - Internet, e-mail, explorer dan foydalanish usuli - Uyali telefondagi sur’atlarni maildan junatish - Web-kamera orqali yuzma-yuz muloqot qilish |
O’rta kurs | Word, Excel da hujjatlarni tayyorlash, Photoshop | - Windows, internet, messengerda aloqa qilish usullaridan foydalanish - USB (dijital kamera, MP3, Memory) kabilardan foydalanish - Word va Excel kabi dasturlarda hujjat tayorlash usuli - Photoshop |
Chet tilida olib boriladigan kurs | Ingliz tilidagi kurs (tailand, indoneziya tilida olib borilishi mo’ljalida). | - Chet ellik ayollar va chet ellik ishchilar uchun chet tillarida olib boriladigan kompyuter darsi |
Yuqori va Professional kurs | PC mutaxassisligi, Photoshop | - Kompyuterni yig’ish, buzilishni oldini olish uchun tuzatish tog’risidagi ta’lim |